O‘qish yo‘nalishlari
Hozir biz tayyorlaydigan mamlakatlar. Ro‘yxat tekshirilgan imkoniyatlar bilan kengayadi.
Vengriya
Vengriya Yevropa Ittifoqi a’zosi. Stipendium Hungaricum granti bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida ingliz tilidagi dasturlarni qamraydi. Poytaxti Budapesht, yirik universitet shaharlari Debretsen, Seged va Pech.
Qirg‘iziston
Bishkekdagi OSCE Academy Markaziy Osiyo yoshlari uchun ingliz tilida magistratura dasturlarini taklif qiladi. O‘qish bepul, talabalar har oy stipendiya oladi.
Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistonida o‘nlab davlat universitetlari xalqaro talabalarga grant beradi. Riyod, Jidda, Makka va Madina yirik ta’lim markazlari. Dasturlar arab va ingliz tillarida, bakalavrdan doktoranturagacha.
Boshqa mamlakatni o‘ylayapsizmi? Yozing, imkoniyatlarni birga ko‘rib chiqamiz.
So‘rov qoldiring, konsultant siz bilan bog‘lanadi. Tezroq javob kerak bo‘lsa, Telegramda yozing.

