MILESTONE

Biz haqimizda

MILESTONE EDU — xalqaro ta’lim bo‘yicha konsalting. Biz o‘zbekistonlik yoshlarga chet el universitetlari va grantlariga yo‘l topishda yordam beramiz.

Maqsadimiz

Xalqaro ta’lim faqat pul yoki tanish-bilishi borlar uchun emas. Grantlar bor, lekin ular haqidagi ma’lumot tarqoq, talablar murakkab, muddatlar qat’iy. Biz shu yo‘lni tushunarli qilamiz.

Nega “MILESTONE”

Milestone — yo‘ldagi belgi toshi: qancha yurganingizni va oldinda nima borligini ko‘rsatadi. Grant sari yo‘l ham shunday bosqichlardan iborat. Har birida yoningizdamiz.

Ish tamoyillarimiz

  • Faqat rasmiy manbalar

    Har bir muddat va shartni grantning rasmiy saytidan tekshiramiz. Taxmin bilan ishlamaymiz.

  • Halol baho

    Imkoniyatingizni ochiq aytamiz. Qabul qarorini komissiya chiqaradi, biz kafolat sotmaymiz.

  • Tor yo‘nalish, chuqur bilim

    Hamma mamlakatga emas, o‘zimiz yaxshi biladigan grantlarga tayyorlaymiz.

  • Telegramda doimiy aloqa

    Savolingizni yozing, konsultant o‘sha yerda javob beradi.

Biz bilan bog‘laning

So‘rov qoldiring, konsultant siz bilan bog‘lanadi. Tezroq javob kerak bo‘lsa, Telegramda yozing.

Telegramda yozish +998 90 150 90 30 Telegram kanal: @Milestone_EDU

Yuborish orqali ma’lumotlaringiz siz bilan bog‘lanish uchun ishlatilishiga rozilik bildirasiz.